O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tez kunlarda Toshkent teleminorasida pasportsiz kirish tartibi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda

2019-11-05 | Jamiyat

Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stantsiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978-85-yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan. Toshkent teleminorasi 3 ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.

Ma’lumki, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob'yekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.

Poytaxtimizda sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish va turistlar uchun qulaylik va sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Toshkent teleminorasi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, tez orada ushbu maskanga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Umid qilamizki, buning natijasida Toshkent teleminorasiga keluvchi mahalliy va xorijiy turistlar yanada ortadi.

Поделиться