O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Internetda tarqalgan “01 001 VIP” davlat raqam belgisi bilan bog’liq videotasvir yuzasidan munosabat
2019-11-05 | Jamiyat
Avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgisi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt 640:2014) talablari asosida ro’xatdan o’tkazish davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida “I” harfi ishlatilmasligini bildirib o’tamiz.
Bundan tashqari, davlat raqam belgilarini qo’lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi. Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki o’zga usullarda o’zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo’lmagan transport vositasini boshqarish —bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.