O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy EIZda Oʻzbek-Xitoy farmatsevtika zavodi qurilishi boshlandi

2019-11-05 | Innovatsiya

4-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov XXR ilm-fan va texnologiyalar vazirligining Ijtimoiy sohalarda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish departamentining bosh direktori oʻrinbosari Tyan Baogu boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi. 

Delegatsiya aʼzolari qatoridagi Anʼanaviy xitoy tibbiyoti milliy assotsiatsiyasi rahbari Vang Sijeng, Xitoy Fanlar akademiyasining Markaziy Osiyo dori vositalarini ishlab chiqish va joriy etish markazi direktori Aysa Xojiakbar ham muzokaralarda ishtirok etdilar.

Tomonlar Oʻzbek-Xitoy texnoparkini yaratish hamda dori substansiyalarini sintezi boʻyicha farmatsevtika zavodining qurilishi boʻyicha loyihani batafsil muhokama qildilar.

Taʼkidlash joizki, hozirgacha asosiy dori substansiyalari yurtimizga xorijdan olib kirilmoqda. Ularni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish muhim vazifalardan dir. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo instituti va Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida dori substansiyalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, biroq ularning sintezini amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Shu bois ham “Navoiy” erkin sanoat zonasida dori substansiyalarini sintezi boʻyicha Oʻzbek-Xitoy tibbiyot texnologik parkining yaratilishi mazkur sohada tub oʻzgarishlar yasaydi. Mazkur loyiha kimyo va farmatsevtika sohasidagi soʻnggi texnologiyalarni qoʻllagan holda qator dorisi substansiyalarini sintezi boʻyicha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshiriladi.

10 mln. AQSH dollari qiymatidagi ushbu investitsion loyiha Innovsion rivojlanish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi va Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi hamkorligida oʻz ishini boshladi. Hozirda loyihaning koordinatori etib tayinlangan xorijiy kompaniyasi loyihaning birinchi bosqichini bajarishni boshladi. “Central Asian research and production centre of biologically active compounds” Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining investitsiyasi hisobiga Sinszyan texnika instituti hamda OʻzR FA Bioorganik kimyo va Oʻsimlik moddalari kimyosi institutlari oʻrtasidagi 20 yillik hamkorlik natijasida tashkil etilgan.

Поделиться