O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish: 2 milliard soʻmlik shartnomalar imzolandi

2019-11-04 | Innovatsiya

InnoWeek-2019 Ikkinchi xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil qilingan Xalqaro innovatsion koʻrgazmada intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish maydoni tashkil qilindi. Ushbu maydonda 16 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari va 8 ta innovatsion startap kompaniyalar oʻz ishlanmalari va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Raqamli va axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya, qishloq xoʻjaligi, qurilish, energetika, texnika, neft-gaz, yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, tibbiyot sohalaridagi ilm-fan va innovatsiyalar yoʻnalishida 20 dan ziyod tijoratlashtirilayotgan va tijoratlashtirishga taklif etilayotgan loyihalar taqdimoti boʻldi.

Intellektual faoliyat natijalarni tijoratlashtirish maydonida Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy xodimi X.Turdaliyevaning “Oqova suvlarni suv oʻsimliklari yordamida biologik tozalash texnologiyasi” loyihasi boʻyicha Andijon viloyati Xoʻjaobod “Samo tekstil” korxonasi bilan 150 mln. soʻmlik, Andijon viloyatidagi “TILLO VUL TEXTILE” korxonasi bilan 150 mln. soʻmlik va “Mundus Invest” korxonasi bilan 100 mln. soʻmlik shartnoma imzolandi.

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK qoshidagi “Bespilotnыye texnologii” MCHJ bilan 199,9 mln. soʻmlik, FA Yadro Fizikasi instituti qoshidagi KB tajriba zavodi bilan 407,2 mln. soʻmlik, “Oʻzgeorangmetliti” DUK bilan 410 mln. soʻmlik va Navoiy davlat konchilik instituti bilan 120 mln. soʻmlik shartnomalar boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

“Kimyoviy Texnologiyalar” MCHJ innovatsion kompaniyasi “Koʻmirni boyitish” ishlanmasi boʻyicha “Oʻzbekkoʻmir” AJ bilan 350 mln. soʻmlik shartnoma imzoladi.

Taqdimotlar natijasida Oʻzbekiston milliy universiteti “Agrokimyo Stansiyasi” MCHJ bilan korxonasi bilan 10 mln. soʻmlik va 40 mln. soʻmlik hamda “Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi“ DUK bilan 100 mln. soʻmlik shartnoma imzolandi.

Bundan tashqari, “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan Zamin-II aqlli traktorning birinchi taqdimoti oʻtkazildi.

Поделиться