O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryoda “bir million daraxt” aksiyasi boshlandi

2019-11-04 | Ekologiya

Sirdaryoda “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Bir million daraxt” aksiyasi boshlandi.

Maʼlumki, mazkur aksiya Oʻzbekistonning shimoliy hududi Nukus shahrida start olgan edi.“Yuksalish” umummilliy harakati faollarining ushbu tashabbusi BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
“Gulistonda aksiyaning birinchi kunidanoq 1 ming tup manzarali koʻchat oʻtqazildi, deydi “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari Sarvar Sultonov.Erta –indin Guliston davlat universitetida behizor va olxoʻrizor bogʻlar yaratishga kirishiladi. Shahar landshaftining rang –barangligini taʼminlash maqsadida Olmazor, Behizor, Olchazor, Oʻrikzor kabi koʻchalar, hududlar tashkil etish rejalashtirilgan. Aksiya davomida har bir tuman va shaharda 100 mingtadan nihol ekish moʻljallangan.Tadbir doirasiga yangi qurilish maydonlarini koʻkalamzorlashtirish ham kiritilgan”.

Maʼlumot uchun. Ushbu aksiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriluvchi “UzWaterAware” Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining Oʻzbekistondagi filiali loyihasi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.“Bir million daraxt” aksiyasining maqsadi — oʻrmonlarni kesish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali qulay atrof-muhit yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni koʻpaytirish va oʻstirish masalalariga eʼtiborni jalb qilish.

Ushbu loyihani yilda ikki marotaba: kuz faslida (oktyabrdan dekabrgacha) va bahor faslida (fevraldan aprelgacha) oʻtkazish rejalashtirilgan.

Поделиться