Toshkentda oʻtayotgan SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilgʻaziyev bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bosh vazirlar Oʻzbekiston – Qirgʻiziston hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunda muhim omil boʻlayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni har tomonlama faollashtirish muhimligi taʼkidlandi. Chegaradosh hududlararo toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha muloqotni davom ettirish qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Ulugʻbek SHONAZAROV, OʻzA