O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eron rasmiy delegasiyasi kutib olindi

2019-11-01 | ShHT

Eron rasmiy delegasiyasi​ ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
 
 
Toshkentda 1-2 noyabr' kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
 
Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.
 
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
 
Nurullo Nasriev, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA

Поделиться