O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumani

2019-11-01 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan hamda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari va aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi polkovnik Sh.Giyasov, vazirlik Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas’ul xodimlari, shuningdek, respublika va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019-yilning 9 oyi davomida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Respublika hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019-yilning 9 oyi davomida jami 4 mln. 607 ming 34 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan 2 mln. 55 ming 254 ta qo‘pol qoidabuzarlik, 25120 nafar mast haydovchi, 252 072 nafar qoidabuzar piyodalar aniqlandi.

Bu davrda 19 436 ta transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanish, 779 909 ta xavfsizlik kamaridan taqmagan holda transport vositasini boshqarish, 628 ta monitordan foydalanish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish, 41 179 ta transport vositasini sug‘urta polisisiz boshqarish qoidabuzarliklari aniqlandi.

Shuningdek, 18 422 nafar huquqbuzarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun sud idoralariga yuborilib, ularning 8 492 nafari (46,1 foizi) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan.

Shu jumladan, 12 778 nafar transport vositasini mast holda boshqargan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar sud idoralariga yuborilib, ularning 8 639 nafari (67,6 foiz) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda 795 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, bu kabi qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida 2018-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi o‘zining “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarorini imzoladi.

Ushbu qarorga muvofiq tekshiruv ishlari alkotester moslamasi yordamida amalga oshirilmoqda. Alkotester-bu haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vositadir. Tekshiruv chog‘ida haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘lari kontsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 4 212 marotaba korxonalarda transport vositalarining texnik holati yo‘nalishga chiqayotganda tekshiruvdan o‘tkazildi. Bunda 35869 ta transport vositalari tekshirilib, ulardan 2 571 tasi texnik nosoz deb topildi va 3 065 nafar haydovchiga va 588 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Umumfoydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini, temir yo‘l kesishmalarini, sun’iy inshootlarni va ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash, transport vositalari va piyodalarning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida 16 070 ta yo‘l belgilari o‘rnatildi, 25 136 ta eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi.

YHX xodimlari ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari xodimlari bilan hamkorlikda 3 172 ta jinoyatlarni fosh etishda ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
701-son qaroriga muvofiq haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” profilaktik tadbiri hamda har oyning uchinchi jumasida “Avtomobilsiz kun” aktsiyasining o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.

2019-yil 9 oyda qoidabuzarliklarga nisbatan ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini oshirish maqsadida jami 3 407 ta sayyor sud majlislari tashkil etildi. Bu sayyor sudlarning 1 411 tasi mehnat jamoalarida, 1996 tasi mahallalarda o‘tkazildi.

2019-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan  chora-tadbirlar natijasida umumiy yo‘l-transport hodisalarini 16,5 foizga, ularda halok bo‘lganlar soni 13,1 foizga, jarohatlanganlar soni 17,8 foizga kamayishiga erishildi.

Shuningdek, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni 876 taga, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 4 567 taga, mast holdagi  haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 91 taga, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari 2 544 taga kamaydi.

Tadbir davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan soha mutaxassislariga murojaat qildi.

Jumladan:

Nikita Makarenko informatsionniy portal Gazeta.uz

Vopros: Schitayut li sotrudniki GUBDD, chto dorojnaya infrastruktura v gorode Tashkente splanirovana pravilno?

Otvet: Konechno, v etom voprose yest upusheniya. Resheniye etogo voprosa trebuyet sovmestnix deystviy zainteresovannix ministerstv. V nastoyasheye vremya gosudarstvom vedetsya poetapnaya rabota po razvitiyu infrastrukturi ulits goroda Tashkenta v sootvetstvii s ix planami i predlojeniyami.

Vopros: Kakiye injenernie resheniya planiruyut vvodit sotrudniki GUBDD dlya umensheniya kolichestva DTP?

Otvet: V selyax snijeniya kolichestva dorojno-transportnix proisshestviy sotrudnikami OVD bili dani rekomendatsii sootvetstvuyushim organizatsiyam po stroitelstvu peshexodnix podzemnix i nadzemnix perexodov, a takje v mestax massovogo skopleniya lyudey.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasi vakili

Savol: Piyodalar yo‘laklaridagi tartibsizliklarni oldini olishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ya’ni qo‘shimcha yerosti va yer usti piyodalar o‘tish joylarini qurish nazarda tutilmoqdami?

Javob: Piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ularga “Yo‘l harakati qoidalari” , harakatlanish xavfsizligi talablarini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayapti. Jumladan, Toshkent shahrida ayni kunlarda “Diqqat, piyoda” tadbiri o‘tmoqda. Bu tadbirda  ichki ishlar organlari xodimlari, milliy gvardiya vakillari va jamoatchilik ishtirok etmoqda. Bu tadbir ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritilayapti. Mahallalarda, mehnat jamoalarida muhokamalari o‘tkazilmoqda.

Avtomobil yo‘llarida, jumladan  piyodalar harakati serqatnov bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha yer osti va usti  piyodalar o‘tish joylarini barpo etish yuzasidan tegishliligi bo‘yicha barcha  tashkilot va idoralarga taqdimnoma hamda takliflar kiritilgan.

Savol: Kunning tig‘iz vaqtlarida avtoulovlar yo‘lda harakatlanganda chorrahalar va piyodalar o‘tish joylarida sababsiz signal chalayotgan haydovchilarga qanday choralar ko‘riladi?

Javob: Bu kabi holatlar doimiy ravishda nazorat qilib kelinmoqda. Jumladan, bu ish samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda. Joylarda signal chalishning zararli oqibatlari aks ettirilgan eslatma va bukletlar, bannerlar chiqarilib avtomobil yo‘llarining ko‘rinarli joylariga o‘rnatilayapti. Jumladan, 2019-yilning o‘tgan 9 oyi davomida sababsiz avtomashina signalini chalgan 15 mingdan ortiq haydovchiga nisbatan ma’muriy tartibda chora ko‘rilgan.

Savol: Shahar ichida baland ovoz chiqaruvchi avtomashinalardan foydalanishga ruxsat etilganmi?

Javob: Keyingi vaqtlarda  bu masala ham diqqat markazimizda turibdi. Bu kabi holatlarni bartaraf etish ustida ish olib borilmoqda. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda  velosport, motosport va avtosport klublarini tashkil etish ustida ish olib borayapmiz. Shunday klublar tashkil etilsa tezlik ishqibozlarini o‘sha klublarga jalb etamiz.

Savol: Tirbandliklarni oldini olish maqsadida kunning tig‘iz vaqtlarida qatnov yuqori bo‘lgan chorrahalarga YPX inspektorlarini qo‘ysa maqsadga muvofiq bo‘lmasmidi?

Javob: Bu kabi holatlar doimiy ravishda nazorat qilib kelinmoqda. Kunning tig‘iz vaqtlarida qatnov yuqori bo‘lgan chorrahalarga YPX inspektorlarining xizmat o‘tashlari belgilab beriladi.

“Facebook.com” saytidagi “Voditeli Tashkenta”  guruhining vakili Ibragim Raimbayev

Savol: Yo‘llarda qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarni videotasvirga tushurib, ushbu holat haqida Yo‘l patrul xizmati xodimlariga ma’lumot bergan fuqarolarning shaxsini oshkor qilish mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-sonli qaroriga ko‘ra yo‘l harakatini xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash bu bo‘yicha marakazlashgan avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqildi. Ya’ni avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan qoida buzarliklar dyxx.ejarima.uz   saytiga yuboriladi va yuborgan fuqaroning shaxsi oshkor qilinmaydi.

Savol: Bilamizki, fuqarolar va YHXB o‘rtasida bo‘lgan sud jarayonlarida fuqarolar bir necha marotaba yutib chiqdilar. Endilikda mazkur masala yuzasidan qanday to‘xtamga kelinmoqda?

Javob: Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zstandart” agentligi hamkorligida ishchi guruh tashkil etilgan. Mazkur masala ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Savol: Yo‘llarda harakatlanib ketayotib favqulotda vaziyat tufayli tez tibbiy yordam va yong‘in xavfsizligi xodimlari boshqaruvidagi avtomashinalarga yo‘l berish jarayonida ular tomonidan yo‘l qoidasi buzilganda, haydovchilar bu haqida ma’lum bir vaqtda YPX xodimlariga borib xabar berish o‘rniga ushbu holatlarni avtomatik tarzda qayd etish tizimini yo‘lga qo‘ysa bo‘lmaydimi?

Javob: Savol o‘rinli, avtomatlashtirilgan tizimlar bu kabi holatlarni mustaqil aniqlash imkoniyatga ega emas. Taklifingiz yuzasidan  xorij tajribasini o‘rganib, dasturiy-texnik imkoniyatlardan kelib chiqib tizimni “SMS” orqali xabardor qilish funktsiyasini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz.

Savol: Xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimining harakatlarini haydovchilar tasvirga tushirsa va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirsa bo‘ladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qaroriga ko‘ra Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga tasvirga olish mumkin. Tasvirga olish ta’qiqlanmagan.

Savol: Avtomashinalarga kuchaytirilgan avtochiroqlarni o‘rnatish mumkinmi?

Javob: Umumiy texnik reglamentga ko‘ra transport vositalari qismlarini ishlab chiqargan zavod tomonidan joriy qilingan texnik tavsifnomasida belgilangan talablarni o‘zgartirish mumkin emas.

Predstavitel gruppi “Voditeli Tashkenta” (“Facebook.com”)

Vopros: V Tashkente sotrudniki UBDD  dostatochno korrektno i uvajitelno otnosyatsya k voditelyam, odnako v regionax je situatsiya inaya. Kakiye meropriyatiya provodyatsya dlya povisheniya kulturi obsheniya sotrudnikov UBDD?

Otvet: V nastoyasheye vremya v Akademii MVD, Sentre podgotovki i povisheniya kvalifikatsii sotrudnikov organov vnutrennix del provoditsya poetapnaya rabota po obucheniyu vsex sotrudnikov DPS, isxodya iz trebovaniy sootvetstvuyushix prikazov i postanovleniy, ministra i drugix normativno-pravovix aktov.

Krome togo, v Institute povisheniya kvalifikatsii MVD organizuyutsya viezdnie kursi distantsionnogo obucheniya, to yest dlya sotrudnikov DPS bez otriva ot slujbi provodyatsya spetsialnie onlayn-zanyatiya.

“Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi vakili

Savol: Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida respublikamizda qancha o‘lim bilan bog‘liq YTXlar sodir etildi va ushbu ko‘rsatgichlar bo‘yicha mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari ichida qanday o‘rinda turadi?

Javob: Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Respublika bo‘yicha 1 396 nafar fuqarolar YTH natijasida halok bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 211 taga kamaygan. Vaholanki transport vositalarining soni o‘tgan yilga nisbatan 150 000 taga oshgan. O‘zbe6kiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari ichida o‘lim darajasi eng past hisoblanadi.

“Sof.uz” saytining vakili

Savol: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining haydovchilik guvohnomasidan Rossiya Federatsiyasida foydalansa bo‘ladimi?

Javob: Hozirgi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari Vena konventsiyasiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarida haqiqiy hisoblanadi.  Yangi turdagi haydovchilik guvohnomasidan MDHga a’zo mamlakatlarda foydalansa bo‘ladi. 

Predstavitel radiostantsiya “Maxima”

Vopros: Raneye soobshalos o tom, chto v stolitse inspektoram UBDD vidani 32 body-kameri. Yesli li kakiye-to rezultati, kasatelno dannogo novshestva?

Otvet: Upravleniyem bezopasnosti dorojnogo dvijeniya Glavnogo upravleniya vnutrennix del goroda Tashkenta bili protestirovani body-kameri. Predlojeniya i zamechaniya po ustraneniyu viyavlennix v xode testirovaniya nedostatkov i sovershenstvovaniyu sistemi bili predstavleni ispolnitelnoy komissii.

Vopros: Segodnya na dorogax Tashkenta mojno vstretit parkovku avtomobiley vtorim ryadom? Eto sozdayet problemnie situatsii kak dlya peshexodov, tak i dlya voditeley. Chto predprinimayetsya sotrudnikami GUBDD dlya togo, chtobi reshit dannuyu problemu?

Otvet: Dannaya situatsiya obuslovlena otsutstviyem dostatochnogo kolichestva i vmestimosti avtostoyanok v torgovix tochkax, raspolojennix na ulitsax goroda Tashkenta. Chtobi predotvratit eti sluchai, sotrudniki DPS regulyarno provodyat reydi. Krome togo, dani predlojeniya po sozdaniyu na etix torgovix tochkax avtostoyanok s dostatochnoy vmestimostyu.

Поделиться