O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oziq ovqat sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

2019-11-01 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 2019-yil 31-oktabr kuni oziq ovqat sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimlari bilan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari va importer korxonalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida oziq-ovqat sanoatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, chetdan tovarlar importini optimallashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamini va mahsulot turlarini kengaytirish, ichki bozorda mahsulotni reklama qilish va xaridorlarga yetkazib berishning zamonaviy uslublaridan foydalanish borasidagi masalalar ishtirokchilar o‘rtasida keng muhokama etildi.

Davra suhbatini Savdo-sanoat paltasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov olib borib, respublikamizda milliy iqtisodiyotimizning raqobatqodirligini ta'minlash va mahalliy ishalb chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan ekaligini ta'kidlab o‘tdi.

Tadbirda “Respublikamizda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oziq-ovqat sanoati sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi ma'ruza bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” XK ma'sul xodimi uyushmasi mas'ul xodimlari taqdimot qildilar.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublikamizga so‘nggi yillarda eng ko‘p import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ham taqdimot qilindi.

Yig‘ilishda tadbirkorlik sub'ektlari oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish borasida duch kelinayotgan muammolar, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi mavjud qiyinchiliklar hamda ichki bozordagi raqobat muhitini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan qator takliflar va fikr-mulohazalarni bildirdilar.

Поделиться