O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shoshilinch va “Tez yordam” xizmati bo‘yicha joriy yil 10 oyda 9 milliondan ko‘proq murojaatlar qondirildi

2019-10-30 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda aholiga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shakllangan o‘ziga xos tuzilmalardan biri shoshilinch va “Tez yordam” tizimidir. Keyingi 3 yil mobaynida tibbiyotning turli yo‘nalishlari kabi bu sohani rivojlantirish bo‘yicha ham tub islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimizning bu yo‘nalishda qator farmon va qarorlari qabul qilinib, mazkur tizimning huquqiy asoslari takomillashtirildi.

Shu bilan birga, sohaning moddiy-texnika bazasi ham yil sayin yangilanayapti. Jumladan, 2018-2019 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallarida qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 62,33 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. Investitsiya dasturi doirasida  202,1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan joriy yilda RShTYoIM hududida kardioxirurgiya, transplantologiya va neyro-qon tomir xirurgiyasi bo‘limlari uchun yangi besh qavatli  bino qurilishi boshlandi. 

O‘tgan qisqa vaqt mobaynida tez yordam xizmati ham tobora zamonaviylashib borayapti. Keyingi yillarda tez yordamning maxsus sanitar avtotransport parki yangilandi. Bugungi kunda tizimda ikki yarim mingga yaqin “Nissan”, “Hunday”, “Toyota”  rusumli va boshqa zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi harid qilingan 281 ta reanimobillar 4,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlandi. 2019 yilda yana 150 ta tibbiy asbob-uskunalar va aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlangan “Ford” rusumidagi reanimobillar xarid qilindi. 

— Bunday keng qamrovli islohotlar natijasida aholining tez tibbiy yordam xizmatiga bo‘lgan ishonchi ortmoqda, murojaatlar yil sayin oshib borayapti. Masalan, taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, 2016 yilda chaqiriqlar soni 7,2 mln.ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda - 8,7 mln. 2018 yilda esa 9,8 mln.ga yetgan. Joriy yilning o‘tgan 10 oyi ichida esa murojaatlar soni to‘qqiz milliondan oshgan, — dedi shoshilinch va tez tibbiy yordam masalalari bo‘yicha mahalliy koordinator Obidjon Dilmurodov.

 Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining statsionar muassasalariga ham murojaatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2017-2019 yillarda ushbu shifo maskanlariga 7,5 mln. dan ziyod bemor murojaat qilgan. Ulardan 2,5 mln. nafari statsionar, 5,0 mln.dan ortig‘i esa ambulator tibbiy yordamdan bahramand bo‘lgan. Statsionarda davolangan bemorlarning 500 mingdan ortig‘iga yuqori texnologik xirurgik amaliyotlar bajarilgan.

Поделиться