O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Britaniya Kengashi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2019-10-29 | Ta’lim

Bugun, 29-oktabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi direktori Reychel Aylend boshchiligidagi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimizda taʼlim sifatini oshirish va adolatli baholab borish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan taʼlim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishdagi yangiliklar, oliy taʼlim muassasalari va maktablar reytingi, nodavlat taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish masalalarida erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilinib, mazkur jarayonlarda ikki tomonlama hamkorlik borasida fikr almashildi.

Shuningdek suhbat chogʻida Britaniya kengashi rahbari OTMlarda sifatni baholashda va reyting tizimini ishlab chiqishda internatsionalizatsiyaga qanchalik eʼtibor berilganligi bilan qiziqdi. Bu kabi savollarga Davlat inspeksiyasi rahbari tomonidan OTMlar milliy reytingida akademik mobillik indikatori kiritilganligi va xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning ham alohida koʻrsatkichlarda aks etishi, attestatsiya jarayonlarida esa OTM pedagog-kadrlarining salohiyatini baholashda ularning chet tillarini qanchalik darajada oʻzlashtirganliklari ham inobatga olinishi kabi koʻplab misollar keltirildi.

Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi direktori Reychel Aylend xonim milliy oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlashda bitiruvchilar haqida ish beruvchilar fikri ham oʻrganilganini samarali indikator sifatida eʼtirof etar ekan, bu borada Buyuk Britaniya ham katta tajribaga egaligi va shu kabi tajribalarni inspeksiya bilan oʻrtoqlashish, hamkorlik qilish va qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Yakunda tomonlar kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha reja ishlab chiqilishga kelishib olishdi.

Поделиться