O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining Urganch tumani 2-sonli MTTdagi xolat yuzasidan dastlabki o‘rganish bo‘yicha rasmiy ma’lumot
2019-10-25 | Jamiyat
Joriy yilning 24-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganchtumani 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi S.S. o‘zi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotganligi aks etgan video keng ommaga tarqatilgan. Ayni kunda ushbu holat MTV tomonidan nazoratga olindi. MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlarni bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy hatti-harakatlar bo‘yicha dalil siftida tegishli huquq tartibot idoralariga qonuniy chora ko‘rish uchun taqdim etish maqsadida, videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlandi.
Holat yuzasidan to‘la ma’lumot yig‘ish maqsadida 25-oktabr kuni soat 16:00 da Urganch tumanidagi 2-son MTTdagi tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTT Kuzatuv Kengashi a’zolari, viloyat Prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtrokida umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilish videotasvirga olinadi.
Ushbu holat bo‘yicha tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishini bildirib o‘tamiz. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda va uning borishi bo‘yicha barcha tafsilotlar keng jamoatchilikka taqdim etiladi.