O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi
2019-10-25 | Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o’rtasida keng muhokamaga sabab bo’layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan 2019-yil 31-oktabr (payshanba) kuni, soat 15:00da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida” mavzusiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Unda Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.
Tadbirda qatnashmoqchi bo’lgan OAV vakillari va blogerlarni anjumanga taklif etamiz. Buning uchun Sizdan joriy yilning 30-oktabr, soat 18:00ga qadar vazirlikning rasmiy elektron manzili (pressa@mvd.uz) orqali ro’yxatdan o’tishingizni so’raymiz.