O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilda O‘zbekistonda 15 ming gektardan ortiq intensiv bog‘ barpo etildi

2019-10-24 | Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan “Intensiv bog‘larni tashkil qilish hamda mevali bog‘larda hosildorlikni oshirish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur seminar frantsiyalik xalqaro ekspert F.Martel hamda “Fruit House Organics” kompaniyasi rahbari Sh. Abrorov bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda bugungi kunda barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 270 ming 818 gektar mevali bog‘lar mavjud bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 135 s/ga teng. Respublikadagi fermer xo‘jaliklarda 190 ming 236 ga bog‘lar bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 129 s/gadan iborat. Fermer xo‘jaliklarda oxirgi yillarda 44 ming 188 gektar yuqori hosil beradigan zamonaviy intensiv mevali bog‘lar barpo qilindi. Ushbu intensiv bog‘larda o‘rtacha hosildorlik 222 s/gani tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i F. Kirgizbayev so‘nggi 2017 - 2019-yillar davomida past hosilli paxta va g‘alladan qisqargan, lalmi va adirlik maydonlarda hamda yaroqsiz bog‘ va tokzorlar o‘rniga jami 31,2 ming gektar intensiv bog‘ va barpo etilgani, 26,3 ming gektar mevali bog‘lar rekonstruktsiya qilinib, joriy yil 9 oyi davomida 15,2 ming gektar intensiv bog‘lar barpo etilgani, 8,1 ming gektar maydonda yaroqsiz bog‘ rekonstruktsiya qilganini ta’kidladi.

Respublikamizning barcha hududlaridan bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan jami 160 nafardan ortiq fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar va mutaxassislari ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda intensiv bog‘dorchilikda uchrayotgan muammolar va yechimini kutayotgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilarga intensiv bog‘dorchilikni tashkil etishda yerni tayyorlash, sug‘orish va o‘g‘itlash tadbirlari, intensiv usulda gilos yetishtirish hamda mevali bog‘larda hosildorlikni oshirish borasida ma’lumotlar va tavsiyalar berildi. 

Поделиться