O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tadbirkor va investorlar diqqatiga!
2019-10-24 | Innovatsiya
29-31-oktabr kuni “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma majmuasida InnoWeek Ikkinchi xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil qilinadigan Xalqaro innovatsion koʻrgazmada intellektual faoliyat natijalarni tijoratlashtirish maydoni tashkil qilinib, ushbu maydonda ixtirochi va tadqiqotchilarning tijoratlashtirish uchun innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdimoti boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.
Tijoratlashtirish maydoni mahalliy va xorijiy ishbilarmon doira vakillari hamda investorlar uchun bizneslarini rivojlantirishda noyob imkoniyatdir.
Dastur
29.10.2019
10:30 – 13:00 — Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi ilm-fan va innovatsiyalar
13:00 – 14:00 - Tanaffus
14:00 – 17:00 – Kimyo-biologiya yoʻnalishidagi ilm-fan va innovatsiyalar
30.10.2019
9:30 – 13:00 - Qishloq xoʻjaligidagi ilm-fan va innovatsiyalar
13:00 – 14:00 – Tanaffus
14:00 – 17:00 - Qurilish, energetika va texnika yoʻnalishidagi ilm-fan va innovatsiyalar
31.10.2019
9:30 13:00 – Neft-gaz va yengil sanoat sohalaridagi ilm-fan va innovatsiyalar
13:00 - 14:00 – Tanaffus
14:00 - 17:00 – Sogʻliqni saqlash va tibbiyotdagi ilm-fan va innovatsiyalar