O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vashingtonda O‘zbek-amerika biznes forumi bo‘lib o‘tdi

2019-10-24 | Iqtisodiyot

Vashingtonda O‘zbek-amerika biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh savdo vaziri U.Ross, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi boshlig‘i K.Lemm, Amerikaning yirik kompaniyalari, tijorat banklari, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Forum kun tartibi ochiqlik va shaffoflik asosiga qurilgan investitsiyaviy, moliyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston salohiyatini mutlaqo yangi platforma sifatida komleks yoritishga yo‘naltirildi.

Bu borada forum ishtirokchilari tomonidan mavjud moddiy va inson resurslari, shuningdek, mamlakat YaIM da xususiy sektorning o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha iqtisodiyotning o‘zbek modelidagi ijobiy o‘zgarishlar, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, sanoat va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash, bank-moliya sektoridagi o‘zgarishlar, xususiy mulk himoyasini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilinayotgan amaliy chora- tadbirlar e’tiborga olinib, O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlikning afzalliklari muhokama etildi.

Forum davomida olib borilayotgan islohotlarning ustivor yo‘nalishlari, jumladan,  xorijiy tajribani o‘zlashtirish yo‘li bilan davlat tuzilmalarining ish samaradorligini oshirish, mamlakatning xalqaro iqtisodiy va moliyaviy reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshilash hamda xalqaro moliya institutlari bilan kompleks aloqalarni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Forum dasturiga ko‘ra bo‘lib o‘tgan  yalpi sessiyalar Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy jozibadorlikni ta’minlash hamda moliyaviy instrumentlar va biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi. Yalpi sessiyalarda O‘zbekistonning tarmoq vazirlik va idoralari, shuningdek, Amerikaning yirik xolding va kompaniyalari rahbarlari so‘zga chiqdilar.

Поделиться