O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh savdo vaziri U.Ross bilan uchrashuv

2019-10-23 | Iqtisodiyot

Joriy yil 22-oktabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning AQSh savdo vaziri U.Ross bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoning joriy holati va tovar aylanmasini oshirishning istiqbolli mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar. Bu yunalishda tomonlar, investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish uchun mavjud masalalarni tezkorlik bilan yechimini topish va to‘siqlarni bartaraf qilishda idoralararo darajada o‘zaro doimiy faoliyat olib borish zarurligiga amin bo‘ldilar.

Muloqot davomida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan o‘zaro savdoni rivojlantirish borasida O‘zbekistonning AQShga amalga oshirayotgan eksport xajmini 60 ta turdagi mahsulotlar nomenklaturasi hisobiga 1,5 mlrd.dollarga oshirish bo‘yicha taklifi amerika tomoni tarifidan ijobiy qarshi olinib, o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi. Eksportbop mahsulotlar hajmlari aks ettirilgan ro‘yxat AQSh savdo vazirligining rahbariyatiga keyinchalik savdo bitimlari va shartnomalar ustida ishlash maqsadida topshirildi.

Amerikalik hamkasabalar taklif etilgan mahsulotlarga nisbatan amerika bozoridagi ehtiyojni chuqur o‘rganishga va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini amerika bozoriga olish chiqishiga ko‘maklashishga tayer ekanligini bildirdilar.

Shuningdek uchrashuv doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini oshirish uchun davlatlararo aloqalarni tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan vazirlar darajasida «C5+1» formatidagi platforma tashkil etish taklifi bayon etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga amerika tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida muxokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro savdoni jadallashtirish va masalalarni tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan doimiy birgalikdagi faoliyatni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va AQSh savdo vazirligining yuqori darajali ekspertlaridan iborat idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Поделиться