O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
KOIKA bilan hamkorlikda O‘zbekistonda kasbga o‘qitish tizimi yanada rivojlantiriladi
2019-10-21 | Jamiyat
Ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasidagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
21-oktabr Mehnat vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA)ning O‘zbekistondagi ofisi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayni masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuvda Ofis direktori Son Song Il, loyiha hamkorlari Rustambek Muxtorov, Davron Xojiev hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.
Ma'lumki, bugungi kunda Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish bevosita KOIKA bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar Farg‘ona va Urganch shaharlarida xuddi shunday kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.