O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Visit Uzbekistan Partnership» Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashda davom etmoqda

2019-10-18 | Turizm

16-oktabr kuni Toshkentda «Visit Uzbekistan Partnership» tashabbusi bilan madaniyat, sanʼat, anʼanalar va Buyuk Ipak yoʻlidagi hayot tarziga bagʻishlangan madaniy tadbir boʻlib oʻtdi. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=807

Visit Uzbekistan Partnership – “Dinara&Co.” nashriyot uyining xalqaro tashabbusi bilan tashkil etilgan va Oʻzbekistonning turistik salohiyatini kengaytirish uchun mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlashga befarq boʻlmagan kishilar va tashkilotlarni birlashtiruvchi biznes-klub. Taʼkidlash joizki, «Visit Uzbekistan Partnership» tashabbusi birinchi marta 2019-yilning may oyida eʼlon qilingan. Sayyohlar va xorijiy ishbilarmonlar auditoriyasiga moʻljallangan shu nomli jurnal esa 2017-yildan buyon Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qoʻllab-quvvatlashi ostida chop etib kelinadi.

Bu vaqt ichida London, Dehli, Singapur, Berlin, Madrid, Moskva, Parij, Seul va Tokio shaharlarida Visit Uzbekistan taqdimoti oʻtkazildi. Shu bilan birga, jurnal elchixonalar hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning xalqaro vakolatxonalari, “Afrosiyob” poyezdlari, turistik yarmarkalar va xalqaro tadbirlar doirasida tarqatiladi. “Silk Road Treasures” nomi ostida oʻtgan oqshomda faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan idora va tashkilotlar vakillari qatnashdi. Tadbirni “Dinara&Co.” rahbari Dinara Dultayeva ochib berdi. Milliy ruhda oʻtgan tadbir doirasida kulolchilik, zargarlik boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi. Ilk marta Milanda namoyish etilgan “Bukhara Brilliant Silk” (ipak matolarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi) va “Anor Couture” (modalar uyi)ning muvaffaqiyatli kollaboratsiyasi namoyishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yigʻilganlar “Begim” parfyumeriya brendining yangi iforlari bilan tanishib, “Manas” restorani va Bagizagan vino zavodining rang-barang  menyusidan bahramand boʻlishdi. Tadbir doirasida maʼlum qilinishicha, yaqin kunlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi Visit Uzbekistan Partnership liniyasida Dehlidagi “Luxury Simposium” tadbirida, soʻng Londondagi “World Travel Market” koʻrgazmasi va “UzInvest Forum” investitsion forumida ishtirok etishi kutilmoqda. Visit Uzbekistan Partnershipʻning maslahat kengashi 12 mamlakatda Oʻzbekiston bilan bogʻliq loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekspertlar va doʻstlariga ega. «Visit Uzbekistan Partnership» Oʻzbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash yoʻlida yangi gʻoyalar, tashabbuslar hamda saʼy-harakatlarni birlashtirish uchun ochiqdir.

Поделиться