O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
2019-10-17 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, an’anaga ko‘ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.
Xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.