O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar organi xodimiga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan

2019-10-16 | Jamiyat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha tarqatildi.

Ma’lum qilamizki, mazkur holat 2018-yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan bo‘lib, voqea tavsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o‘rnatilgan tartibda qat’iy qonuniy choralar ko‘rilgan.

Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikdan, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini ta’kidlab o‘tadi.

Поделиться