O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari Ittifoqi Prezidenti M.Hisorjikli o‘g‘li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-15 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari Ittifoqi Prezidenti M.Hisorjikli o‘g‘li bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya xususiy sektori aloqalarining mavjud tamoyillari, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu borada yangi istiqbolli biznes g‘oyalarni ishlab chiqish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar shuningdek, yaqin istiqbolda savdo aylanmasi hajmini jiddiy ravishda ko‘paytirish maqsadida o‘zaro savdo sohasida mustahkam hamkorlik bo‘yicha yakdil fikrga keldilar.
Gebze sanoat zonasi ma’muriyati ishtirokida Toshkent viloyatida loyiha amalga oshirilishini inobatga olgan holda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘zlashtirish hamda mazkur tashabbus impelementatsiyasiga o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish chora-tadbirlariga alohida e’tibor berildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikning yangi yo‘nalishlari hamda ikki davlat tadbirkorlari hamkorligining yangi shakllarini ishlab chiqish orqali kelgusi aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.