O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat migrantlarining hayotiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruv raisi Sarvar Otamuratov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-14 | Jamiyat
Mehnat migrantlarining hayotiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha 2019-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruv raisi Sarvar Otamuratov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda boshqaruv raisi bilan birga, “Agros hayot” sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Bobur Abirkulov, “O‘zagrosug‘urta” AJning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Sergey Panov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari qatnashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari hayotini sug‘urtalash masalasini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.