O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan perinatal yordam xalqaro standartlarga javob beradi

2019-10-10 | Sog‘liqni saqlash

· Yurtimiz perinatal muassasalarida eng kam vaznli bolalarni ham parvarish va reabilitatsiya qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
· Respublika perinatal markazida har yili o‘rtacha 6000 nafar chaqaloq dunyoga keladi.
· Akusherlik va ginekologiya, neonatal jarrohlik yo‘nalishlarida davolashning innovatsion usullaridan foydalanilmoqda.

Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Perinatal tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YuNISEF, YuNFPA ekspertlari, Rossiya, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston singari davlatlarning soha mutaxassislari hamda yurtimizdagi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining olimlari, davolash muassassalari shifokorlari ishtirok etmoqda.

Anjuman perinatal yordamni mintaqalashtirish, onalar o‘limi, akusherlikdagi holatlarning inqirozli auditi, “asosiy akusherlik sindromlari”ning dolzarb muammolari, favqulodda vaziyat va zamonaviy akusherlikda kesarcha kesish amaliyotiga bag‘ishlandi. Shuningdek, unda neonatologiyadagi dolzarb muammolaridan sanalgan kam vaznli bolalarni parvarish va reabilitatsiya qilish, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini jarrohlik amaliyoti yordamida saqlab qolish, ularda endoskopik jarrohlik muolajalari o‘tkazish, neonatal sepsis, homilaning tug‘ma nuqsonlarida malakali akusherlik yordamini ko‘rsatish va bu jarayonda bevosita hamshiralarning ham munosib ishtirokini ta’minlash singari muhim masalalar keng muhokama qilinayapti.

Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov so‘zga chiqdi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar yurtimiz perinatal xizmati tizimida ham o‘z ifodasini topmoqda. Buni yurtimizda 2002 yilda tashkil etilgan Respublika perinatal markazi faliyati misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimizda perinatal yordamni tashkillashtirish maqsadida yurtimizning barcha hududlaridagi tug‘ruq majmualari viloyat Perinatal markazlariga aylantirildi. Ayni paytda mamlakatimizda 17 ta ana shunday viloyat perinatal markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Respublika perinatal markazida hududlardagi barcha tug‘ruqxonalarda perinatal yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish uchun elektron tizim joriy etilmoqda.

Noyob operatsiyalar amalga oshirilayotgan ushbu markazda mamlakatimizning barcha hududlaridan va hatto qo‘shni davlatlardan kelgan bemorlar ham qabul qilinmoqda. Eng so‘nggi tashxis qo‘yish va davolash uskunalari bilan jihozlangan hamda xodimlari katta tajribaga ega markazda zamonaviy davolash usullaridan keng foydalanilmoqda.

JSST ekspertlarining fikriga ko‘ra, markazning moddiy texnika-baza bilan ta’minlangani va bu yerda ko‘rsatilayotgan perinatal yordam xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. RPM onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ixtisoslashgan yordam ko‘rsatadi. Uning negizida Respublika o‘quv tibbiy-uslubiy markazi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Respublika perinatal markazida har yili o‘rtacha 6000 nafar chaqaloq dunyoga keladi. Ularning 38 foizi poytaxtga va 62 foizi uning hududiy filiallariga to‘g‘ri keladi. Bu yerda, shuningdek, akusherlik va ginekologiya, neonatal jarrohlik yo‘nalishlarida davolashning innovatsion usullaridan foydalanilayotgani ham e’tiborga molik.

Malakali kadrlarning samarali faoliyatini ta’minlash markaz oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘tgan yil markazning bir guruh shifokorlari dunyoning tibbiyoti rivojlangan davlatlari Rossiya, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Xitoy, Turkiya singari yetakchi davlatlaridagi nufuzli klinikalarda malaka oshirib qaytgani ana shu sa’y-harakatlar natijasidir.

Anjumanda homiladorlik, tug‘ish, tug‘ruqdan keyingi davrda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish doimiy ravishda davom yetib, rivojlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Поделиться