O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Rossiyaning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi

2019-10-08 | Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi guruhining videokonferentsaloqa shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga O‘zbekiston tomonidan Qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev, Rossiya tomonidan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari S.Levin rahbarlik qildi.

Muzokara chog‘ida tomonlar agrar sohadagi hamkorlikning bugungi holati, chorvachilik, agrar ta’limi bo‘yicha aloqalar, shuningdek, fitosanitar ta’minoti, meva-sabzavotlar yetkazib berish hamda o‘rta muddatga mo‘ljallangan agrosanoat majmuiga doir “Yo‘l xaritasi”ning qishloq xo‘jaligi sohasiga doir masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

«Soyuzmoloko» AJ ijrochi direktori A. Belov O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan joriy etishni rejalashtirgan mahsulot qadoqlanishiga doir majburiy talablarda mahsulot qo‘shimchalari o‘zbek tilida bo‘lishi shartligi haqidagi talablarni qayta ko‘rib chiqish yoki kechiktirishni iltimos qildi.

«Rosselxoznadzor» rahbari o‘rinbosari Yu.Shvabausken O‘zbekistonga 20 avgustda “Argus-Fito” axborot tizimidan foydalanishga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida «Yagona oyna» axborot tizimini integratsiyalash borasida ishlar olib borilayotganini bildirdi.

Rossiya tomoniga «GoldenFishGroup» O‘zbekiston kompaniyasining Rossiyaga eksportni amalga oshirish uchun ruxsat berish jarayonini tezlashtirish borasidagi iltimosi yetkazildi.

«RosAgroMarket» MChJ bosh direktori Ye.Nekrasov hozirgi vaqtda Novosibirsk viloyatida 2020 yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ilk ulgurji-taqsimlash markazi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. Ushbu markaz Markaziy Osiyo davlatlaridan kelayotgan mahsulotlar uchun savdo oqimi vazifasini bajaradi. «Marketpleys» axborot platformasi omborxonalarda jamlangan mahsulotlarni markazdan 700 km radiusda taqsimlash imkonini beradi.

Rossiyaning «Rosribxoz» uyushmasi raisi V.Glushenko «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan Rossiyaning «Angelinskoye» va «Sharapovskoye» baliqchilik xo‘jaliklari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatilganini ta’kidladi. U shuningdek, qiziqtirayotgan baliq urug‘lari bilan eng qulay almashish vaqti 15 may - 10 iyun oralig‘i ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar Rossiya tomonining yaqin vaqt orasidagi so‘roviga muvofiq, kelgusi yilda baliqning «Ilonbaliq» nasli urug‘ini almashish bo‘yicha kelishib oldilar. «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi raisi o‘rinbosari Sh.Rahmatov uyushma tarkibiga kiruvchi mahalliy korxonalar Rossiya tomoniga istalgan miqdordagi «Ilonbaliq» urug‘larini yetkazib berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Muloqotda O‘zbekistonda tajriba tariqasida “malla qo‘ziqorin” yetishtirish va hosilni aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish maqsadida qayta ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish istiqbollari haqida ham so‘z yuritildi. Tomonlar bu borada sinov ishlarini o‘tkazish uchun qisqa vaqt ichida yetarli miqdorda urug‘lik keltirish amalga oshirilishi haqida kelishib oldilar.

Uchrashuvda shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi shartnomaviy-huquqiy qonunchilikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. 

Поделиться