O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

2019-10-04 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida Mitsubishi Corporation, Marubeni Corporation va Itochu Corporation kabi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Eng yirik ko‘p tarmoqli Mitsubishi xoldingi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ilg‘or yapon texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish, O‘zbekistonda sintetik tolalar va qatronlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurish va neft-gaz sektorida qator loyihalarni amalga oshirishda kompaniya ishtirokining istiqbollari muhokama qilindi.

Marubeni korporatsiyasi rahbarlari bilan Yaponiya hukumati va investorlarining mablag‘larini jalb qilgan holda, metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoati sohalarida, shuningdek, transport qurilishi hamda qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalarda ishtirok etish orqali, O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Itochu kompaniyasi bilan ichki bozor ehtiyojlarini qondirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish darajasini ko‘tarish hisobiga, O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kuchaytirish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Shuningdek, Yaponiya tarafi avtomobilsozlik mahsulotlarining yangi segmentlarini o‘zlashtirish va, bundan tashqari, o‘z faoliyatini to‘qimachilik, kimyo, tog‘-kon va oziq-ovqat sanoatini qamrab olgan holda, diversifikatsiya qilish taklifini qiziqish bilan qabul qildi.

Kompaniyaning uran, rux, qo‘rg‘oshin qazib olish hamda uran va nodir yer metallarini chiqarib olish maqsadida, O‘zbekiston tog‘-metallurgiya korxonalari chiqindilarini chuqur qayta ishlash loyihalarida ishtirok etishi masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamkorlar bilan O‘zbekistondan Yaponiyaga tabiiy uran etkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalarni tuzish borasidagi o‘zaro maqsadlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va kompaniyalarning O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

Поделиться