O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijda doktorantura va magistratura dasturlari doirasida ta’lim olish uchun tanlov e’lon qilindi

2019-10-04 | Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olish uchun nomzodlarni saralab olish maqsadida stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun xalq ta’limi tizimidan nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ro‘yxatga olish boshlandi.

Xorijda doktorantura va magistratura dasturlari doirasida ta’lim olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 7 oktyabr soat 18.00ga qadar ma’lumotlarini quyidagi havolada keltirilgan shakl orqali taqdim etishlari lozim.

Stipendiya tanlovi talablari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni https://eyuf.uz/ sayti orqali olish mumkin.

Поделиться