O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

2019-09-30 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari oʻrtasida boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini koʻrsatib, birinchi oʻrinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qoʻshganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy gʻurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston iftixori”

Jalolov Bahodir
Isomiddin oʻgʻli

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim oʻgʻli

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Kurbanov Marat Galiyevich

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev Toʻlkin Maxmurovich

-

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha murabbiyi

Erkayev Baxodir Turgunovich

-

Fargʻona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Zoirov Shaxobidin Shokirovich

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Baturov
Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Roʻzmetov Dilshodbek Yusupbay oʻgʻli

-

Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

“Shuhrat” medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich

-

Paxtakor tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks boʻyicha murabbiyi, Jizzax viloyati

Qilichev Farruh Komilovich

-

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                          Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019-yil 27-sentabr

 

Поделиться