O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasini BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti shayx Muhammad al-Maktum qabul qildi
2019-09-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasini BAA bosh vaziri va vitse-prezidenti shayx Muhammad al-Maktum qabul qildi.
Qabul davomida Davlat organlari ishini takomillashtirish, investitsion va savdo-iqtisodiy xamkorlikni kengaytirish, transmilliy ko‘lamdagi loyihalarda ishtirok etish kabi o‘zaro munosabatlarning keng sohalarini qamrab oluvchi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik xamkorlikni amalga oshirilishi holati muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda erishilgan muvaffaqiyatlar tomonlarning izchil va kelishilgan say-harakatlari natijasida yuzaga kelgani va shu munosabat bilan, xamkorlikning tanlangan yo‘nalish va sur’atlariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.
Ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni tezkor amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, idoralararo hamkorlikning xar bir bosqichi holatini monitoring qilish hamda yuzaga kelayotgan masala va g‘ovlarni kuzatib borishni ikki tomonlama ta’minlashga kelishib olindi.
Amirlik tomoni, O‘zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berishini ta’kidlab, o‘z tarafidan mavjud kelishuvlar doirasi bilan cheklanib qolmasdan, respublikada istiqbolli g‘oyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yangi kompaniyalarni faol jalb qilish niyatlarini bildirdi.