O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Yevrosiyo davlatlari Spikerlarining 4-yig‘ilishida qatnashdi
2019-09-25 | Siyosat
2019-yilning 24-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida Yevrosiyo davlatlari Spikerlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uning ishida 65 davlatning parlamentlari, shu jumladan, 41 nafar Spiker hamda 15 yaqin xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Hozirgi murakkab sharoitda turli xil tahdidlar, notinchliklarni hal qilishda, iqtisodiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishda parlamentlarning o‘rni va rolini oshirish, muammmolarni birgalikda bartaraf etishda muloqot-ishonch-hamkorlik tamoyillari haqidagi masalalar ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi hamda ishtirokchilarga O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan turli sohadagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi.