O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nosir Ahmad Durrani: O‘zbekiston hukumatiga qishloq xo‘jaligi sohasiga berayotgan ko‘magi uchun minnatdorman

2019-09-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-21-sentabr kunlari Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, chorvachilik vaziri Nosir Ahmad Durrani boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston-Afg‘oniston qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, Afg‘oniston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, choravachilik vaziri Naser Axmad Durrani hamda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi  vakillar ishtirok etishdi.

Vazir Jamshid Xodjayev joriy yilning avgust oyi oxirida Afg‘onistonda tashkil etilgan O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borilgani, mazkur uchrashuv kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga muhim turtki bo‘lishini bildirdi.

- O‘zbekiston hukumatiga Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun berayotgan e’tibor uchun minnatdorman, dedi janob Durrani. Afg‘onistonda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Mazkur uchrashuv munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqishi, shubhasiz.

Ma’lum qilinganidek, hozirgi vaqtda Afg‘onistonda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, intensiv bog‘larni tashkil etishda mutaxassislar tayyorlashda muammolar mavjud. Aholini ish bilan ta’minlash borasidagi masalalar ham agrar sohaning rivojiga bog‘liq. Durrani mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo hajmini yanada oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Hindiston va Pokiston davlatlariga Afg‘oniston orqali nol qiymatdagi bojxona stavkalarini hisobga olgan holda reeksport qilish taklifini berdi.

Yig‘ilishda joriy yil yakunida O‘zbekiston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi davomida O‘simliklar karantiniga oid bitim imzolanishiga kelishib olindi. O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi hududlarida aholi turmush sharoitiga ziyon yetkazuvchi chigirtkalar tarqatilishiga qarshi qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, Veterenariya va chorvachilik sohasida hamkorlikni kuchaytirish, Afg‘onistonda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bilan zamonaviy intensiv bog‘larni tashkil etish,  yuqori texnologik qo‘shma issiqxona komplekslarini yaratish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi. 

Поделиться