O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sofiya texnoparki va “Yashnobod” innovatsion texnoparki oʼrtasida hamkorlik oʼrnatildi

2019-09-19 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Аzimjon Nazarov Bolgariyada boʼlib oʼtgan oʼzbek-bolgariya biznes-forumida ishtirok etish asnosida Sofiya texnoparkiga (Sofia Tech Park) tashrif buyurdi.

Oʼzbekiston delegatsiyasi Sofiya texnoparki yutuqlari, xususan kiberxavfsizlik laboratoriyasi va Sofiya texnoparkining laboratoriya majmuasiga kiruvchi 3D-ijodkorlik va tezkor prototiplash yangi mahsulotlari laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Majmua 11 ta laboratoriyadan iborat boʼlib, unda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, yangi birikmalar ishlab chiqiladi, yuqori samarali hisob-kitoblar amalga oshiriladi, yangi mahsulotlarni tezkor prototiplash, aqlli maʼlumotlarni olish uchun superkompyuterlardan foydalanish boʼyicha tajribalar ham aynan shu laboratoriyalarda amalga oshiriladi.

Taʼkidlash joizki, Sofiya texnoparki, Bolgariyadagi ilk texnologik park boʼlib, akademik jamoatchilik, tadbirkorlar, hukumat va jamiyat oʼrtasida bilimlar hamda gʼoyalar almashinuvi uchun maxsus platforma sifatida yaratilgan. Parkda Biznes-inkubator, yuqori texnologiyali laboratoriyalar kompleksi, “Jon Аtanasov” innovatsion forumi, Techno MagicLand bolalar markazini oʼz ichiga olgan muzey/tajribaxona joylashgan, bundan tashqari 500 joyli koʼp qavatli parking, sport markazi,sport bilan shugʼullanish mumkin boʼlgan yashil zona, hovuzlar, favvoralar, sayr yoʼlaklari, koʼm-koʼk daraxtzorlar mavjud.

Shuningdek, oʼzbekistonlik mehmonlariga “Techno MagicLand” interfaol bolalar markazi namoyish etildi. Ushbu “ilm-fan bilan aloqalar” maskani bolalarni ilm-fanga qiziqishlarini oshirish uchun moʼljallangan uslubiy qoʼllanmalarni sinovdan oʼtkazadi.

Tashrif va uchrashuv yakunlariga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki va “Sofia Tech Park” oʼrtasida oʼzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unga koʼra koʼra, Sofiya texnoparki bilan hamkorlikda “Yashnobod” innovatsion texnoparkida ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish koʼzda tutilgan.

Tomonlar, shuningdek, innovatsion loyihalar va texnologiyalar transferini birgalikda amalga oshirishga kelishdilar. Shu bilan bir qatorda oʼzbekistonlik yosh olimlarning Bolgariyada amaliyot oʼtashlari, innovatsion tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun biznes-inkubatsiya va startap loyihalarini ilgari surish sohasida tajriba almashiladi.

Поделиться