O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Sanoat robototexnikasi bo‘yicha II Sammit o‘tkaziladi

2019-09-17 | Innovatsiya

Joriy yilning 2-oktabr kuni poytaxtimizning Wyndham Hotel mehmonxonasida Sanoat robototexnikasi bo‘yicha ikkinchi sammit bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir 2018-yilning noyabr oyida tashkil etilgan Sanoat robototexnikasi bo‘yicha birinchi sammitning davomi bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumki, yuqori texnologiyalardan foydalanish kelajakda davlatlar iqtisodiyotining qay darajada rivojlanishini belgilaydi, shu munosabat bilan sanoatni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan robototexnika va uskunalarning eng so‘nggi avlodlari bilan tanishish, ularni qo‘llash yurtimiz korxonalarini yangi texnologik darajaga olib chiqishi kutilmoqda.

Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, MANGANOROBOT Central Asia kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Sammitda sanoat robototexnikasi, sanoatni avtomatlashtirish, yuqori texnologiyali uskunalar sohasida faoliyat yurituvchi Manganorobot (Italiya), Atlas Copco (Shvetsiya), KUKA Robotics (Germaniya), Siemens (Germaniya), Bai Automazione i Aldo Toni (Italiya) kabi xorijiy kompaniyalar vakillari ham ishtirok etadilar.

Sammitda sanoat korxonalarining robotlardan foydalangan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish imkoniyatlari, avtomobil sanoatiga, jumladan turli tovar guruhlariga avtokomponentlar ishlab chiqarish uchun yechimlar, “Aqlli shahar” tizimiga yig‘ma ishlab chiqarish transformatsiyasi, raqamli texnologiyalarning avtomatlashtirishdagi ahamiyati, matritsali ishlab chiqarish mohiyati kabi masalalar muhokama etiladi.

Batafsil ma’lumotlar bilan sammitning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin: http://inrobotsummit.uz/

Поделиться