O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
44 yoshli Oksana Chusovitina xalqaro turnir g‘olibi
2019-09-16 | Sport
Fransiyaning Parij shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha navbatdagi yirik xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi.
Kelasi oy Shtutgartda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan avval o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan mazkur musobaqada 44 yoshli Oksana Chusovitina o‘zining ajoyib ishtiroki bilan barchani lol qoldirdi.
O‘zining sevimli tayanib sakrash yo‘nalishida qatnashgan Oksana finalda 14.300 ball bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kumush va bronza medallari Vengriya hamda Chili terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Chusovitina bilan yelkama-yelka xalqaro musobaqalar havosini olib kelayotgan yosh vakilimiz Indira O‘lmasova mazkur musobaqada sakkizinchi natijani qayd etdi.
Sport gimnastikasi. Parij.
Tayanib sakrash
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14.300
2. Sara Peter (Vengriya) – 13.900
3. Francheska Santi (Chili) – 13.750 . . .
8. Indira O‘lmasova (O‘zbekiston) – 12.325