O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koʻzi ojiz bolalar maktab-internatlariga maxsus oʻquv qurollari topshirildi

2019-09-12 | Ta’lim

Yashnobod tumanidagi 77-Koʻzi ojiz bolalar maktab-internatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun pribor (temir daftar) topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Janubiy Koreyaning HYUNDAI ENGINEERING” kompaniyasi menedjeri Song Shion, “FRIEDASIA” kompaniyasi, Oʻzbekiston Koʻzi Ojizlar Jamiyati mutaxassislari va imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlari direktorlari ishtirok etdi.

Tadbirda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga Janubiy Koreyaning “HYUNDAI ENGINEERING” kompaniyasi tomonidan 2,77 mln Rossiya rubliga teng mablagʻga sotib olingan pribor (temir daftar) topshirildi.

Janubiy Koreyaning “HYUNDAI ENGINEERING” kompaniyasi Oʻzbekistonga shartnoma asosida 3000 dona pribor (temir daftar) yetkazib berdi. Yetkazilgan priborlarning bir qismi - 725 donasi respublika koʻzi ojizlar maktab-internatlariga topshirilgan. Bugun priborlarning ikkinchi partiyasi topshirildi.

Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan jami 86 ta taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ularning 21 tasi maktab, 65 tasi maktab-internatlari boʻlib, shulardan:

- 14 tasi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun;

- 18 tasi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun;

- 50 tasi aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun;

- 3 tasi tayanch-harakat aʼzolari shikastlangan bolalar uchun;

- 1 tasi nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan.

Hozirda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida 2831 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Ularga 823 nafar oʻqituvchi va 606 nafar tarbiyachi taʼlim beradi.

Oʻquvchilarga 145 nomdagi darsliklar (Odobnoma, Musiqa, Tasviriy sanʼat, Mehnat taʼlimi va Jismoniy tarbiya darsliklardan tashqari) Brayl tizimida alohida chop etiladi.

Soʻnggi ikki yilda koʻzi ojiz bolalar uchun jami 30 nomdagi (33 628 nusxa) va 2019-2020 oʻquv yili uchun 10 nomdagi 13 ming 843 nusxa darsliklar chop etildi.

Поделиться