O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh harbiy delegatsiyasi harbiy aviatsiya qo‘mondonligiga tashrif buyurdi

2019-09-10 | Xavfsizlik sohasi

9-sentabr kuni podpolkovnik Bred Xoul boshchiligidagi Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy aviatsiya delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida AQSh vertolyot va transport aviatsiyasi mutaxassislari tog‘li hamda sahro hududlarida, turli iqlim sharoitlarida, shuningdek, tungi vaqtlarda tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda parvoz qilish masalalarni muhokama qildi.

Tashrif davomida AQSh delegatsiyasi vakillari Chirchiq garnizonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etishi rejalashtirilgan.

Поделиться