O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: “Biznes yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazishda Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tajribasi qo‘llaniladi”

2019-09-09 | Ta’lim

Adliya vazirligi tomonidan “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha tadbirkorlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, ularning takliflari hamda fikrlarini ruyobga chiqarishga ko‘mak berish hamda mazkur yo‘nalishda barcha davlat organlarining mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan.
 
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha joylarda 100 dan ortiq ishchi guruhlar tashkil etiladi va 10 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtiroki qamrab olinadi.
 
Xususan, bugungi kunda hududlarda tabdirkorlik muhitini baholashga qaratilgan yagona yondashuvning mavjud emasligi, quyidagi muammolarga sabab bo‘lmoqda.
 
Har bir hududning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasiga baho berish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqiladi va milliy reytinglar tuziladi.
 
Xususan, milliy reytinglarda tadbirkorlarga yer ajratish va mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash holatlari, litsenziya va ruxsatnomalar berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning mavjudligi asosiy indikatorlar sifatida belgilanadi.
 
Shuningdek, tadbirkorlarga tezkor bepul huquqiy maslahat beruvchi tizimning mavjud emasligi hamda Advice.uz huquqiy axborot portalining ijobiy amaliyotdan kelib chiqib, “advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portalini yaratish rejalashtirilmoqda.
 
Portalda tadbirkorlik faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oluvchi kontentlar joylashtiriladi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan shaxslarning biznes sohasiga kirishi va samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladigan vositaga aylantiriladi.
 
Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tajribasini o‘rgangan holda biznesni yuritish va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari yanada soddalashtiriladi. Bunda an’anaviy usulda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning barchasini elektron-onlayn tarzda ko‘rsatishga o‘tkazish ishlari olib boriladi.
 
Barcha davlat organlarini tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlash maqsadida “Sen tadbirkor uchun nima qilding”, “Tadbirkor faoliyatiga aralashma” shiorlari ostida aksiyalar va adliya sayllari tadbirlari o‘tkaziladi.
 
Aksiya davomida barcha davlat organlarining hisobotlarini eshitish, ularning faoliyatiga baho berish, davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlari oldidagi mas’uliyatini oshirish va bu yo‘nalishdagi ishlarni tahlil qilish amaliyoti yo‘lga quyiladi.
 
“Jamoatchilik” onlayn platformasiga (www.jamoatchilik.uz) tushgan tadbirkorlarning fikri va takliflari asosida Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
 
Xulosa qilib aytganda, mazkur loyihani amalga oshirish natijasida yurtimizning xalqaro reytingdagi o‘rnini, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini va ishbilarmonlik muhitini mutlaqo yangi darajaga ko‘tarishga ishonamiz.

Поделиться