O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik, idora va universitet rahbarlari hududlarda maktabdagi ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha ish olib bormoqda

2019-09-09 | Ta’lim

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ta’lim tizimiga mas’ul 40 dan ortiq vazirlik, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur ishchi guruhning a’zosi sifatida Samarqand viloyatida joylashgan va yaqinda e’lon qilingan maktab reytingida eng yuqori va eng past o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda ishchi guruhi vakillari Payariq tumanidagi 71-, 74-, 79-, 81-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rgandi.

Shu bilan birga vazir Ishtixon tumanidagi 2- va 94-umumta’lim maktabi, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 56- va Narpay tumanidagi 52-umumta’lim maktabi hamda Samarqand shahridagi 45-umumta’lim maktabi faoliyati bilan ham tanishdi. Ta’kidlash lozimki, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 56-maktab ta’lim muassasalari reytingida yuqori ball to‘plagan.

Mazkur maktablar tajribasini viloyatning boshqa maktablari orasida targ‘ibot qilish choralari belgilandi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish, maktablarni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, kutubxona, muzey va ko‘rgazma zallarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xalq ta’limi vaziri maktablarga tashrifi davomida maktab direktorlari va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazib, ta’lim sifat-samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar topshirdi.

O‘quvchilar bilan uchrashuv doirasida yoshlarning bilim olishlari, kelajakdagi rejalari va qaysi kasbni tanlashlaridan qat’iy nazar vatanimiz rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari kerakligi ta’kidlandi.

Поделиться