O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyati hokimi Karmana tumani maktablarida dars o‘tdi

2019-09-09 | Ta’lim

Umumta’lim maktablarida rahbarlarning dars o‘tishi yaxshi an’anaga aylandi. Jumladan, Navoiy viloyatida birgina “Bilimlar kuni”da ushbu an’anada 200 nafardan ortiq korxona va tashkilot rahbarlari hamda deputatlar faol qatnashdi.

Navoiy viloyati hokimi K.B.Tursunov ham haftada 3 marotaba ta’lim maskanlariga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashdi. Dastlab tumandagi 21-umumta’lim mayetabida, so‘ngra 12- va 14- umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Navoiy viloyati hokimi o‘quvchilar bilan hayot falsafasi va kelajak haqida suhbatlashdi.

Viloyat hokimi har bir borgan maskan kutubxonasi uchun badiiy kitoblar sovg‘a qilmoqda.

Ahamiyatlisi, viloyatning har-bir tuman, shahar maktablarida ushbu an’anani davom ettirgan holda yil davomida viloyatdagi 365 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan suhbat hamda dars o‘tish rejalashtirilgan.

Поделиться