O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Namangan tumanidagi maktablarda “vazir soati” oʼtkazdi

2019-09-09 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov joriy yilning 6—7-sentabr kunlari Namangan tumanidagi maktablarda “Vazir soati“ tadbirini oʼtkazdi. Tuman hokimi va OTM rahbarlari hamrohlik qilgan tadbirda “Oila—mahalla—maktab—oliy oʼquv yurti“ hamkorlik modeliga asos solindi.

Bugungi kunda ota-onalarning, boshqa oila aʼzolarining bola taʼlimida ishtiroki mazkur bolaning maktab dasturini oʼzlashtirishiga ijobiy taʼsir qilishi isbotlangan. Oʼz navbatida, kelajakda oliy taʼlim muassasasidan oʼqishni rejalashtirgan, oʼz oldiga “oliy maʼlumotli boʼlaman” degan maqsadni qoʼygan oʼquvchilarning ham baholari balandroq, bilim darajasi yuqoriroq boʼlishi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. Shu bilan bir qatorda turli ijtimoiy-iqtisodiy toifalardagi oilalarning farzandlarining oʼzlashtirish darajasi turlicha boʼlishi kuzatilgan. Yaʼnikim ziyoli, oʼziga toʼq oilalarning farzandlari yaxshiroq oʼqisa, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining oʼqishi oqsashi holatlari uchraydi. Аynan shu holatlarda “Oila—mahalla—maktab—oliy oʼquv yurti“ hamkorligining “mahalla” boʼgʼini vaziyatning ijobiy tomonga oʼzgarishiga yordam beradi. Shuningdek, maktablarning oliy taʼlim muassasalari bilan aloqa oʼrnatishi bolalarning bilimlarini mustahkamlashga koʼmaklashadi, ularni muayyan fan yoʼnalishlariga qiziqishlarini shakllantirishga zamin yaratadi.

Prezidentimizning maktab taʼlimini umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylantirish zarurligi toʼgʼrisidagi topshirigʼi aynan shu maqsadlarni koʼzlagan boʼlib, bunda maʼlum muvaffaqiyatlarga erishgan rahbar xodimlar, ziyoli va nuroniylar, ilm-fan, sanʼat, sport, sohalari vakillarining maktablar hayotida faol ishtirok etishi, oʼquvchilarning dunyoqarashini oʼsishi, ularning maqsadlarni toʼgʼri qoʼyishi uchun muhim deb belgilandi. Rahbarlar va ziyolilarning oʼz tajribalari, hayot yoʼllari haqidagi suhbatlari yoshlarni yanada gʼayrat va shijoat bilan oʼqib, bilim olishlariga undaydi.

I.Аbdurahmonov Namangan tumanidagi maktablarga tashrifi chogʼida oʼz bolaligi haqida gapirar ekan, yoshlikdagi kuzatuvchanlik, tirishqoqlik, bilimga chanqoqlik oʼz natijasini berishini qayd etdi.

– Tuman markazidan ancha uzoq qishloqda yashaganimiz uchun uyimizdan 3-4 kilometr uzoqdagi maktabga har kuni piyoda borib kelishimizga toʼgʼri kelardi. — deb xotirladi vazir. – Tuman markaziga borish esa bir bayram edi. Shunday boʼlishiga qaramay koʼp oʼqish, izlanish ortidan tuman olimpiadasidan respublika olimpiadasigacha boʼlgan bosqichlarni bosib oʼtib, umumittifoq olimpiadalarda qatnashish imkoniyatini ham qoʼlga kiritdim. Keyinchalik oliy oʼquv yurtida oʼqidim, xorijning yetakchi universitetlarida taʼlim olib, Butunjahon fanlar akademiyasi akademikigacha boʼlgan yoʼlni bosib oʼtdim. Bularning barini gapirayotganim sabab, sizlarda oʼzingizga boʼlgan ishonchni orttirish, oʼqish va bilim olishda gʼayratli va shijoatli boʼlishingizga undashdir. Har biringizning qoningizda buyuk bobolarimizning genlari bor, ularni uygʼotish, genlarni “ishlatib” yuborish oʼzingizga, mehnatkashligingizga bogʼliq. Ulugʼ yurt farzandlari ekaningizni va bu yurtni gullab, yashnashi sizlarga bogʼliq ekanini unutmang!

Uchrashuv soʼngida esa vazir maktablarga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Innovatsion toʼplam”lar taqdim etdi, shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash “Ulugʼbek” jamgʼarmasi bilan hamkorlikda kitoblar sovgʼa qilindi.

Поделиться