O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim taraqqiyoti va yangilanishlar

2019-09-07 | Ta’lim

Davlatimiz rahbari raisligida shu yilning 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor hamda 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil rivojlantirib borish, kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lgan xalq ta’limi ravnaqi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muhim va ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Namangan viloyatida mazkur yig‘ilishlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ishchi guruhi amaliy faoliyatga kirishdi.

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari viloyatning Uychi tumanida faoliyat olib bormoqda.

Vazirlik mutasaddilari, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori tumandagi 11-, 2-, 14-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda ta’lim sifati va samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar mobaynida maktablarda o‘qituvchilarning darsni tashkil etishi, o‘quvchilarga fanlarni o‘zlashtirishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik va amalda ulardan foydalanish, darslarning olib borilishi kuzatildi.

Ishchi guruh vakillari 1-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, ilm maskanidagi imkoniyatlar haqidagi fikrlari hamda bitiruvchilarning jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun qaysi sohani tanlaganligi, qaysi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish istagida ekanligi bilan yaqindan tanishdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori institutdagi fayeultet va yo‘nalishlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berdi.

Ta’lim jarayonini tashkil etishni kuzatgan holda islohotlar samaradorligini ta’minlash, sohada faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning kasbiy tajriba va mahoratini oshirish, ta’lim sifatiga nazoratni kuchaytirish, zamonaviy, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etgan holda o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qamrab olish va fanlarni chuqur, mukammal o‘rganishlari bilan bog‘liq tavsiya va amaliy takliflar berildi.

Prezidentimiz ta’lim sohasiga yangilanishlarni tatbiq etish va o‘ziga xos, zamonaviy yondashuvlar borasida Namangan tajribasini yaratishga alohida e’tibor qaratgan edi.

Shu asosida ta’lim sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqish borasida viloyatning barcha shahar va tumanlarida Respublika Ishchi guruhi izchil faoliyat olib bormoqda.

Ana shunday amaliy jarayonlarga Namangan tumanidagi 20-, 18-, 26-umumta’lim maktablarida ham kirishildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori M. Boqiyev mazkur maktablardagi jarayon bilan tanishdi.

Ishchi guruh vakillari 18-umumta’lim maktabida 90 nafar 9-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Uchrashuv-muloqot chog‘ida yoshlarni innovatsion texnologiyalarni mukammal o‘rgangan holda zamonaviy mutaxassis bo‘lishga ruhlantirish asnosida eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar vazirlik tomonidan taqdirlandi.

Ahamiyatlisi, ingliz tilida ham davom etgan muloqotga o‘quvchilar faol jalb etildi.

Islohotlar ravnaqi va ta’lim istiqboliga qaratilgan amaliy jarayonlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Поделиться