O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti Jizzaxga investorlarni jalb qilmoqchi
2019-09-06 | Iqtisodiyot
Kuni kecha Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti “DJETRO” vakillari Jizzax viloyati xokimligiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Dzyun Kumakura “DJETRO”ning O‘rta Osiyo bo‘yicha bosh mutaxasisi, Dzyun Takahashi “DJETRO”ning O‘zbekistondagi vakillik ofisining bosh direktori va Vladimir Stanovov - “DJETRO”ning O‘zbekistondagi vakilligining taxlilchisi bilan viloyat hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari A.Axmedxadjayev, Invistitsiya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Kalmuratov, viloyat Iqtisodiyot va sanoat boshqarmasi boshlig‘i Z.Ergashev Jizzax erkin iqtisodiyot zonasida direktsiyasi direktori M.Zoirov hamda Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kamalovlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Yaponiya biznes vakillarini viloyatda amalga oshirishi mumkun bo‘lgan loyihalarga qiziqtirish hamda biznes uchun yaratilgan mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish va Jizzax erkin iqtisodiyot zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.
“DJETRO” tashkiloti 1958 yilda Yaponiya xukumati tomonidan savdo-iqtisodiy aloqalarni dunyo mamlakatlari bilan yo‘lga qo‘yish uchun tashkil etilgan tashkilotdir. Rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini shakllantirishda yordam ko‘rsatish bilan faol shug‘ullanadi. “DJETRO”ning shtab kvartirasi Tokioda joylashgan. Shuningdek, Yaponiya bo‘ylab 43 ta vakillik idoralari va 55 ta chet davlatlarda 74 ta xorijiy vakolatxonasi mavjud.
Mehmonlar vakili viloyatda investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, Yaponiya davlatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb etish ekanligi ma’lum qilindi.
“DJETRO”ning O‘rta Osiyo bo‘yicha bosh mutaxasisi Dzyun Kumakuraning so‘zlariga ko‘ra tashkilot o‘z oldiga O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari biznes vakillarini mavjud loyihalarni o‘rgangan xolda bir-biriga tanitish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Muzokaralar davomida delegatsiya vakillari Jizzax erkin iqtisodiyot zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan yaqindan tanishib ularning faoliyati xaqida ma’lumot olish istagini bildirdilar.
Shuningdek, viloyatning investitsion potentsialini chuqur o‘rgangan xolda Yaponiya tadbirkorlari uchun maqolalar yaratish rejalashtirilayotganini ma’lum qilindi.
Uchrashuv so‘ngida hokimiyat vakillari tomonidan ikki davlat savdo-iqtisodiy aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida tegishli barcha choralar ko‘rilishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi.