O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy sud raisi: investorlarga barcha huquqiy masalalarda yordam koʻrsatamiz

2019-09-06 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Oliy sud binosiga tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilgan Oliy sud raisi K.Komilov investitsiyalarning iqtisodiyotimizdagi muhim oʻrniga alohida urgʻu berdi. Investorlar huquqlari himoyasini taʼminlash uchun sudlar ham harakat qilayotgani qayd etildi. Oliy sud investorlarga barcha huquqiy masalalarda bevosita yordam koʻrsatadi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari odil sudlov orqali taʼminlamoqda. Masalan, iqtisodiy sudlar tomonidan 2019-yilning 6 oyi davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishga oid 15 ming 643 ish koʻrilib, ular foydasiga 623,8 milliard soʻm undirilgan.

Ammo amaliyotda qonunchilikdagi turli nomuvofiqliklar tufayli tadbirkorlarga turli sanksiyalar qoʻllash, buning ortidan esa ularning norozi boʻlishi kabi holatlar uchrab turibdi. 2017-yilda 32, 2018-yilda 94 ta shunday ish koʻrilgan boʻlsa, 2019-yilning 9 oyi davomida ushbu toifada 445 ish koʻrilib, ularning 250 tasi qanoatlantirilgan. Tadbirkorlik subyektlariga 150 milliard soʻmga yaqin jarima qoʻllanilgan.

Iqtisodiy sudlarga eksport bilan shugʻullanuvchi ayrim tadbirkorlar soliq idoralari tomonidan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarni bekor qilishni soʻrab murojaat qilishadi. Holbuki, xorijdagi hamkorlar tomonidan toʻlov tushumining kechiktirilishi tufayli ular oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan holda belgilangan toʻlovni vaqtida amalga oshira olmaydi. Soliq esa bu bilan emas, belgilangan meʼyorlarga muvofiq ish koʻradi. Demak, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ayrim talablar vijdonli importyor va eksportyor huquqlari himoyasini samarali himoyalash imkonini bermayotir. Bu esa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni taqozo qiladi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari vakillari oʻzlarini qiynayotgan shu kabi masalalarda takliflar bildirdi.

 

Shuhrat NEʼMATOV, OʻzA

Поделиться