O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akkreditatsiya markazi Turkiya akkreditatsiya agentligi (TURKAK) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

2019-09-05 | Jamiyat

Akkreditatsiya markazi rahbariyati xizmat xizmat safari bilan Turkiya akkreditatsiya agentligida (TURKAK) bo‘ldi.

Safarning asosiy maqsadi TURKAK Bosh kotibi Orbay Evrensevdi hamda tashkilotning yetakchi ekspertlari bilan muzokaralarda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining 2019 yil iyul oyida Anqaraga ishchi tashrifi yakunlari doirasida TURKAK bilan o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratildi.

Bugungi kunda TURKAK muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi xalqaro darajada tan olingan nufuzli tashkilot hisoblanadi. TURKAK Yevropa Akkreditatsiya uyushmasining (YeA), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) hamda Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumning (IAF) to‘laqonli azosi hisoblanadi.

Manfaatli uchrashuvlarda O‘zbekiston vakillari uchun Turkiyaning akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida hujjatlar aylanmasining elektron tizimi va TURKAK portali imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimotlar qilindi.

Ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli sheriklik doirasida TURKAK elektron tizimi orqali to‘plangan tajribani Akkreditatsiya markazi faoliyatida joriy etish, muvofiqlikni baholash organlari, sinov labaratoriyalari va boshqa manfaatdor sheriklarga xalqaro standartlarga muvofiq ilg‘or xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

O‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha akkreditatsiya sohasida ikki tashkilot o‘rtasidagi huquqiy bazani yanada kengaytirish maqsadida, 2019 yil 27 avgust kuni Akkreditatsiya markazi va TURKAK o‘rtasida rasmiy “Anglashuv memorandumi” imzolandi.

Поделиться