O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vazirligi axboroti

2019-09-05 | Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

2018-yil 19-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina o‘zgartirish kiritilgan.

Mazkur qarorga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, balki 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” hozirgi kunda ham amalda. Shu bois o‘quvchilardan mazkur nizom talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Поделиться