O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident tashrifidan soʻng qayta qurilgan Uchtepa tumanidagi 238-maktabning ochilishida Xalq taʼlimi vaziri ishtirok etdi

2019-09-05 | Ta’lim

4-sentyabr kuni mamlakatimizning 9904 ta davlat umumtaʼlim muassasalarida “Bilimlar kuni”ga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov shu kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri maktab xodimlari, ota-onalar va oʻquvchilarni yangi oʻquv yili boshlanishi bilan qutladi. Vazir oʻquvchilarni yaratilayotgan barcha sharoitlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.

“Bilimlar kuni”ga bagʻishlangan tantanali tadbirdan soʻng Xalq taʼlimi vaziri va Uchtepa tumani rahbariyati maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maktabning 1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi. Oʻquvchilarni yana bir bor bilim olishga hamda maktabda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.

1-sinf oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”dan 12 turdagi oʻquv qurollari oʻrin olgan. Bu yil “Prezident sovgʻasi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi. Jumladan, oʻquvchilarga yorugʻlik qaytargich elementlari boʻlgan portfellar topshirildi. Bunday portfellar bolalarning yoʻlda harakatlanganida xavfsizligini taʼminlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-may kuni Uchtepa tumaniga tashrifi davomida 238-maktab holatini tanqid qilgan edi. Shuningdek, maktab quvvatini oshirish hamda shart-sharoitlarni yaxshilash boʻyicha tegishli topshiriqlar berilgandi.

Uch yarim oy davomida olib borilgan qurilish va taʼmirlash ishlari natijasida maktab quvvati 1200 dan 2100 ga oshdi. Bolajonlar uchun oʻqish, sport bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha 300 xonadan iborat 900 oʻrinli ikkita korpus, 220 oʻrinli faollar zali, maxsus fan xonalari, 4 ta lingafon xonasi, 2 ta sport zalini oʻz ichiga olgan sport kompleksi, zamonaviy stadionlar qurilib, foydalanishga topshirildi.

Taʼkidlash lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-may kuni Uchtepa tumaniga tashrifidan soʻng, Toshkent shahridagi maktablardagi shart-sharoitlar oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida, qurilganidan beri taʼmirlanmagan va rekonstruksiya qilinmagan 16 ta maktab aniqlandi.

Natijada, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yilning 17-avgust kuni “Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.

2019-2020-yillarda Toshkent shahrida yangi maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash uchun 800 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi.

Поделиться