O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1-sinf oʻquvchilari uchun beriladigan “Prezident sovgʻasi” sifati yanada yaxshilandi

2019-08-30 | Ta’lim

Sanoqli kunlardan soʻng yangi oʻquv yili boshlanadi. Bu yil oʻquvchilarni oʻtgan yillardagidan farqli “Prezident sovgʻasi” kutmoqda.

Joriy yilning 4-sentyabr kuni 627 mingdan ziyod oʻgʻil-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qoʻyadi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan 13 ming nafar bola oʻz uyida taʼlim olishni boshlaydi. Anʼanaga koʻra, ularga yangi oʻquv yili munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovgʻalari - oʻquv-qurollari topshiriladi.

2019-yili 1-sinf oʻquvchilari uchun beriladigan “Prezident sovgʻasi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi.

1-sinf oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”dan 12 turdagi oʻquv qurollari oʻrin olgan.

Jumladan, portfel, 2 xil chiziqdagi 12 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qogʻoz, sharikli ruchka, akvarel boʻyoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va oʻchirgʻich yangi oʻquv yilining ilk kuni “Prezident sovgʻasi” sifatida 1-sinf oʻquvchilariga topshiriladi.

“Prezident sovgʻasi” bolajonlar qoʻliga yetib borishi, ularga koʻp vaqt xizmat qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga kiruvchi “Oʻquv taʼlim-taʼminot” Davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgan.

“Oʻquv taʼlim-taʼminot” Davlat unitar korxonasi tomonidan har yili Prezident sovgʻasi sifatida 1-sinf oʻquvchilari uchun beriladigan 12 turdagi oʻquv qurollaridan tashqari, barcha taʼlim muassasalariga darslik, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va badiiy adabiyotlar, shuningdek, taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maktab mebellari, oʻquv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa tovar-moddiy boyliklari Xalq taʼlimi vazirligi taqsimotlariga asosan yetkazib berilmoqda.

Поделиться