O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoyga achchiq qalampir eksportiga yo‘l ochildi
2019-08-29 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga achchiq qalamir eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi.
Xitoy tomoni talabiga ko‘ra, achchiq qalampir mahsulotlarini XXRga eksport qilishga tegishli ruxsatnomani olish uchun eksport qiladigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini shakllantirish va Xitoy tomoniga tasdiqlash uchun har yili eksport mavsumi boshlanishidan kamida 2 oy oldin jo‘natish talab qilinadi.
Shu munosabat bilan, ushbu resstrni shakllantirish uchun respublikamizdagi eksport qiluvchi korxonalar tomonidan tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida Inspeksiyaga taqdim etilishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari Xitoy tomonidan qo‘yilayotgan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishi mumkin.