O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoyga mosh eksport qiluvchi subyektlar soni ko‘paydi
2019-08-29 | Iqtisodiyot
Ma’lumki, O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan mosh uchun qo‘yilgan fitosanitar talablar bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida imzolangan bayonnomaga muvofiq, Xitoy tomoni talabiga binoan har yili mosh eksport kilish mavsumi boshlanishi oldidan eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri tuzib borilishi lozim. Ushbu talabga muvofiq tuzilgan reyestrda shu paytga qadar 33 ta korxona joy olgan edi.
Joriy yilda Xitoy tomoni va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ushbu reyestrdan o‘rin olgan 5 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni “Turkiston Mirishkorlari” (Toshkent v.), “Alimardon Agro” (Farg‘ona v.), “Buxara Agro Prom Invest” (Buxoro v.), “Surxon Eksport Savdo” (Surxondaryo v.), “Uzun Mevasabzavot Xolodilnik” (Surxondaryo v.) mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mahsulotlari xitoyliklarning fitosanitar talablariga javob bermasligi aniqlanib, ular yuqoridagi reyestrdan chiqarildi.
Shuningdek, ikki davlat karantin xizmatlari mutaxassislari tomonidan navbatdagi eksport mavsumi uchun o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida yangi 10 ta tadbirkorlik subyektlari, xususan, “Ace Global” (Toshkent sh.), “Royal Agro Star Trading” (Toshkent sh.), “New Way Industries” (Toshkent v.), “Namangan Logistik Trans” (Namangan v.), “Siyob Shavkat Orzu” (Samarqand v), “Agro Gumush Jomboy” (Samarqand v), “Shodiyonabegim” (Samarqand v), “Long Jiang” (Samarqand v), “Oqoltin Golden Fruits” (Sirdaryo v)¸ “Agroport” (Jizzax v.) mas’uliyati cheklangan jamiyatlari Xitoy tomoni qo‘ygan fitosanitar talablarga mos deb topilib, ushbu davlatga mosh eksport qilish imkoniyatini beruvchi reyestrga kiritildi.
Shunga ko‘ra O‘zbekistondan Xitoyga mosh eksport qilishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari reyestrida korxonalar soni jami 38 ta yetdi. Mazkur reyestr bilan ushbu havola yordamida tanishishingiz mumkin.
Tadbirkorlar uchun eslatma: Xitoyga mosh eksport qilish uchun belgilangan asosiy talablar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.