O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Asaka bank: Xalqaro hamkorlik samaralari
2019-08-29 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 28 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida “Asaka banki” va Xitoyning Sinosure eksport kredit agentligi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sinosure eksport agentligi 2001 yilda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil etilgan. Mazkur muassasa Xitoydagi yagona, dunyodagi eng yirik eksport kredit agentliklaridan biridir.
Uchrashuvda tomonlar “Kvars”AJ shisha ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish doirasida “Asaka” bankning 36 million Yevro miqdoridagi majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta polisini berish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi.